O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA KICHIK BIZNES MEHNAT UNUMDORLIGINING DRAYVERLARI VA 2030-YILGACHA RIVOJLANISH PROGNOZI

O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA KICHIK BIZNES MEHNAT UNUMDORLIGINING DRAYVERLARI VA 2030-YILGACHA RIVOJLANISH PROGNOZI

Mualliflar

  • Kaypnazarova Gulshad Xojamuratovna i.f.d.d.(PhD), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi

##semicolon##

kichik biznes, mehnat unumdorligi, panel ma’lumotlar, qat’iy effektlar, investitsiya, raqamlashtirish, ARIMA, hududiy prognoz.

Abstrak

Maqolada O‘zbekiston hududlarida kichik biznes subyektlari mehnat unumdorligiga ishlab chiqarish omillarining ta’siri panel ma’lumotlar modeli yordamida baholanib, 2030-yilgacha hududiy rivojlanish prognozi ishlab chiqilgan. Empirik baza 2015–2024-yillarda 14 ta hudud bo‘yicha 140 ta kuzatuvdan iborat. Natijaviy ko‘rsatkich sifatida bir band xodimga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat, mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida asosiy kapital, investitsiyalar, innovatsion xarajatlar, kredit resurslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish indeksi va eksport hajmi tanlangan. Qat’iy effektlar modelida barcha koeffitsiyentlar musbat va statistik ahamiyatli bo‘lgan. Asosiy kapitalning ta’siri β=0,312, investitsiyalarning ta’siri β=0,247 va raqamli texnologiyalarning ta’siri β=0,218 darajasida baholangan. Modelning within R² ko‘rsatkichi 0,862, Durbin–Watson statistikasi 1,916 ni tashkil etgan. 2010–2025-yillar qatorlari asosidagi ARIMA prognozi hududlararo tafovutlar 2030-yilgacha saqlanishini ko‘rsatadi. 2030-yilda eng yuqori prognoz qiymati Toshkent shahrida 267 027,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Natijalar kichik biznes siyosatida kapital modernizatsiyasi, investitsiya, raqamlashtirish va hududiy differensial strategiyalarni ustuvorlashtirish zarurligini asoslaydi.

##submission.citations##

World Bank. Small and Medium Enterprises (SMEs) Finance. URL: https://www.worldbank.org/ext/en/topic/competitiveness/small-and-medium-enterprises-smes-finance

United Nations. Global MSME Report 2024. New York: United Nations, 2024. URL: https://www.un.org/sites/un2.un.org/files/globalmsmesreport2024.pdf

Ayyagari M., Demirgüç-Kunt A., Maksimovic V. Small vs. Young Firms across the World: Contribution to Employment, Job Creation, and Growth. World Bank Policy Research Working Paper No. 5631. Washington, DC, 2011. DOI: 10.1596/1813-9450-5631.

Cobb C.W., Douglas P.H. A Theory of Production // American Economic Review. 1928. Vol. 18, No. 1. P. 139–165.

Solow R.M. Technical Change and the Aggregate Production Function // The Review of Economics and Statistics. 1957. Vol. 39, No. 3. P. 312–320. DOI: 10.2307/1926047.

Wooldridge J.M. Econometric Analysis of Cross Section and Panel Data. 2nd ed. Cambridge, MA: MIT Press, 2010.

Salayev S.K. Kichik biznes rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish va bashoratlash: O‘zbekiston Respublikasi misolida. Iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasi. Toshkent, 2008.

Xodiyev B.Yu. O‘zbekiston iqtisodiyotida tadbirkorlik rivojlanishini ekonometrik modellashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasi. Toshkent: TDIU, 2000.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, Markaziy bank va Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 2010–2025-yillarga oid hududiy statistik ma’lumotlar.

G‘afurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2017.

Abdullayev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari. Toshkent: Mehnat, 2010.

Aripov O.A. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish. Iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2020.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-08-13