KICHIK BIZNES KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH OMILLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI KISI–TOPSIS INTEGRALLASHGAN MODELI ASOSIDA BAHOLASH
Keywords:
kichik biznes, ishlab chiqarish omillari, integral indeks, KISI, TOPSIS, PCA, samaradorlik, raqamlashtirish, davlat qo‘llab-quvvatlashi.Abstract
Maqolada kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligini kompleks baholash metodologiyasi takomillashtirilgan. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy, tashkiliy, innovatsion va institutsional ko‘rsatkichlarni yagona o‘lchovga keltirish, korxonaning ideal holatga yaqinligini aniqlash hamda ichki rivojlanish zaxiralarini miqdoriy baholashdan iborat. Metodologik asos sifatida bazaviy integral samaradorlik ko‘rsatkichi, TOPSIS usuli va asosiy komponentlar tahlili natijalarini birlashtiruvchi Kengaytirilgan Integral Samaradorlik Indeksi — KISI taklif etilgan. Modelda IOS bazaviy ko‘rsatkichiga 0,50, TOPSIS yaqinlik koeffitsiyentiga 0,35 va PCA komponentiga 0,15 vazn berilgan. Taklif etilgan besh pog‘onali shkala korxonalarni yuqori samarali, samarali, qoniqarli, past samarali va inqirozli toifalarga ajratadi. Aprobatsiya natijalariga ko‘ra, xizmatlar korxonasi 0,666 qiymat bilan “samarali”, sanoat korxonasi 0,491 bilan “qoniqarli”, savdo korxonasi esa 0,396 bilan “past samarali” toifaga kiritilgan. Innovatsiya va raqamlashtirish sanoat hamda savdo korxonalaridagi eng katta foydalanilmagan zaxira sifatida aniqlangan. Model korxona diagnostikasi, manzilli davlat ko‘magi va resurslarni strategik rekonfiguratsiyalash uchun amaliy vosita sifatida tavsiya etiladi
References
World Bank. Small and Medium Enterprises (SMEs) Finance. URL: https://www.worldbank.org/ext/en/topic/competitiveness/small-and-medium-enterprises-smes-finance
United Nations. Global MSME Report 2024. New York: United Nations, 2024. URL: https://www.un.org/sites/un2.un.org/files/globalmsmesreport2024.pdf
Farrell M.J. The Measurement of Productive Efficiency // Journal of the Royal Statistical Society. Series A. 1957. Vol. 120, No. 3. P. 253–290.
Hwang C.L., Yoon K. Multiple Attribute Decision Making: Methods and Applications. Berlin: Springer-Verlag, 1981.
Kaplan R.S., Norton D.P. The Balanced Scorecard: Measures that Drive Performance // Harvard Business Review. 1992. Vol. 70, No. 1. P. 71–79.
G‘afurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2017.
Muftaydinov Q. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari. Iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasi. Toshkent, 2004.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar faoliyatiga oid 2024-yil statistik ma’lumotlari. Toshkent, 2025.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar. URL: https://lex.uz/docs/5382179
Abdullayev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari. Toshkent: Mehnat, 2010.
