O‘ZBEKISTON AGRAR SEKTORIGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
##semicolon##
O‘zbekistonda agrar sektori, qishloq xo‘jaligi investitsiyalari, O‘zbekiston – 2030 strategiyasi, infratuzilmaviy innovatsiyalar, eksport raqobatbardoshligi.Abstrak
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan agrar sektorning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligi nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, balki ish o‘rinlari yaratish, eksport hajmini oshirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar asosida agrar sohani modernizatsiya qilish va investitsiya faolligini oshirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, mavjud metodologik yondashuvlar va byurokratik to‘siqlar investitsiya samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada agrar sektorga investitsiyalarni jalb etishning amaldagi holati raqamlar asosida tahlil qilinib, mavjud muammolar aniqlanadi va ularni bartaraf etish uchun takomillashgan metodologik takliflar ishlab chiqiladi. Jumladan, infratuzilmani rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish, xalqaro tajribani o‘rganish va malakali kadrlar tayyorlash asosiy e’tibor markazida turadi.
##submission.citations##
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 20 dekabr 2022 yil. – https://president.uz/uz/lists/view/5884
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-160-son Farmoni. – https://lex.uz/docs/6753566
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari (https://stat.uz)
Jahon banki. (2022). Agriculture Sector Review for Uzbekistan. Washington, D.C. – https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan/publication
Jahon banki. (2020). Doing Business 2020: 190 ta mamlakatda biznes yuritish bo‘yicha solishtirma tahlil.
FAO. (2021). O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektori transformatsiyasi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti.
OECD. (2023). O‘zbekiston: Qishloq xo‘jaligida innovatsiya va barqarorlik bo‘yicha mamlakat sharhi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti.
UNCTAD. (2022). Jahon investitsiyalar hisoboti 2022: pandemiyadan keyingi xalqaro ishlab chiqarish. BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi.
BMTTD. (2020). O‘zbekistonda biznes va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslar. BMT Taraqqiyot Dasturi.
YETTB. (2022). O‘zbekistonda investitsiya muhiti va boshqaruv. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.
OTB. (2021). O‘zbekiston: Qishloq infratuzilmasini yaxshilash loyihasi. Osiyo Taraqqiyot Banki.
ITC. (2022). O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro bozorda targ‘ib qilish va brendlash strategiyasi. Xalqaro savdo markazi.
GIZ. (2021). Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi ta’limini takomillashtirish. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati.