INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH TUZILMASI VA INNOVATSION NATIJADORLIK: G‘ARBIY YEVROPA TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN XULOSALAR
##semicolon##
innovatsion faoliyat, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar, R&D, moliyalashtirish tuzilmasi, tadbirkorlik sektori, Global innovatsion indeks, innovatsion natijadorlik, milliy innovatsion tizim, O‘zbekiston.Abstrak
Maqolada Germaniya, Fransiya, Belgiya va Niderlandiya hamda O‘zbekiston misolida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tuzilmasi va uning innovatsion natijadorlik bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga (R&D) yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi, ularning manbalar bo‘yicha tarkibi hamda tadbirkorlik sektorining ishtiroki strategik maqsadlarga to‘liq mos kelmayotgani bilan belgilanadi. Tahlil Eurostat maʼlumotlari, Jahon intellektual mulk tashkilotining 2025 va 2026 yilgi Global innovatsion indekslari hamda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining 2020–2023 yillarga oid statistik maʼlumotlariga asoslangan. Tadqiqotda qiyosiy, tarkibiy va korrelyatsion tahlil usullaridan foydalanilgan.
Olingan natijalar tanlangan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida R&D xarajatlari hajmi va moliyalashtirish tuzilmasining o‘zi innovatsion natijadorlikdagi farqlarni to‘liq izohlash uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi. Xususan, Belgiya 2023 yilda R&D intensivligi bo‘yicha tanlangan mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgani holda, GII bali bo‘yicha ushbu guruhda nisbatan past natija qayd etgan. O‘zbekistonda esa resurs bazasining torligi va mavjud resurslarni innovatsion natijaga aylantirishdagi cheklovlar bir vaqtda namoyon bo‘ladi. 2023 yilda R&D xarajatlarining YaIMga nisbati 0,11 foizni, tadbirkorlik sektori bajargan R&D ulushi 19,2 foizni tashkil etgan. 2025 yilgi GII maʼlumotlarida innovatsion kirim va natijalar bo‘yicha mamlakat o‘rinlari o‘rtasida 23 pog‘onalik farq kuzatilgan. 2026 yilda O‘zbekiston Global innovatsion indeksda 77-o‘rinni egallab, innovatsion rivojlanish strategiyasida shu yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichga erishgan.
Tahlil natijalari asosida tadbirkorlik sektori R&D xarajatlarini rag‘batlantiruvchi soliq mexanizmlarini joriy etish, davlat grantlarini xususiy hammoliyalashtirish bilan bog‘lash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish infratuzilmasini kuchaytirish hamda strategik ko‘rsatkichlarni xalqaro statistik standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
##submission.citations##
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Eurostat. R&D expenditure [Elektron resurs] // Statistics Explained. – Luxembourg: Eurostat, 2025 (data extracted Nov. 2025). – URL: https://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php?title=R%26D_expenditure (murojaat sanasi: 19.09.2026).
2. Eurostat. EU spending on R&D exceeded €403 billion in 2024 [Elektron resurs]: News article, 04.12.2025. – URL: https://ec.europa.eu/eurostat/web/products-eurostat-news/w/ddn-20251204-2 (murojaat sanasi: 19.09.2026).
3. WIPO. Global Innovation Index 2026: Powering Entrepreneurs at the Frontier of Science. Executive Version. – Geneva: World Intellectual Property Organization, 2026. – DOI: 10.34667/tind.60373. – URL: https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo-pub-2000-2026-exec-en-global-innovation-index-2026.pdf (murojaat sanasi: 02.10.2026).
4. WIPO. Global Innovation Index 2026 results [Elektron resurs]. – Geneva: WIPO, 2026. – URL: https://www.wipo.int/web-publications/global-innovation-index-2026/en/gii-2026-results.html (murojaat sanasi: 02.10.2026).
5. WIPO. Global Innovation Index 2025: Executive Version. – Geneva: World Intellectual Property Organization, 2025. – URL: https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo-pub-2000-2025-exec-en-global-innovation-index-2025.pdf (murojaat sanasi: 19.09.2026).
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2026 yil 4 apreldagi PF-54-son Farmoni. – URL: https://lex.uz/docs/8120285 (murojaat sanasi: 19.09.2026).
7. WIPO. Global Innovation Index 2025: economy profiles – Belgium, France, Germany, Netherlands (Kingdom of the), Uzbekistan. – Geneva: WIPO, 2025. – URL: https://www.wipo.int/edocs/gii-ranking/2025/ (murojaat sanasi: 19.09.2026).
8. Schumpeter J.A. The Theory of Economic Development: An Inquiry into Profits, Capital, Credit, Interest, and the Business Cycle / transl. by R. Opie. – Cambridge, Mass.: Harvard University Press, 1934. – xii, 255 p. – (Harvard Economic Studies; vol. 46).
9. National Systems of Innovation: Towards a Theory of Innovation and Interactive Learning / ed. by B.-Å. Lundvall. – London: Pinter, 1992. – XIII, 342 p.
10. OECD/Eurostat. Oslo Manual 2018: Guidelines for Collecting, Reporting and Using Data on Innovation. – 4th ed. – Paris: OECD Publishing; Luxembourg: Eurostat, 2018. – DOI: 10.1787/9789264304604-en.
11. David P.A., Hall B.H., Toole A.A. Is public R&D a complement or substitute for private R&D? A review of the econometric evidence // Research Policy. – 2000. – Vol. 29, № 4–5. – P. 497–529.
12. Dimos C., Pugh G. The effectiveness of R&D subsidies: A meta-regression analysis of the evaluation literature // Research Policy. – 2016. – Vol. 45, № 4. – P. 797–815. – DOI: 10.1016/j.respol.2016.01.002.
13. Aerts K., Schmidt T. Two for the price of one? Additionality effects of R&D subsidies: A comparison between Flanders and Germany // Research Policy. – 2008. – Vol. 37, № 5. – P. 806–822.
14. Zúñiga-Vicente J.Á., Alonso-Borrego C., Forcadell F.J., Galán J.I. Assessing the effect of public subsidies on firm R&D investment: A survey // Journal of Economic Surveys. – 2014. – Vol. 28, № 1. – P. 36–67.
15. Hall B.H. The financing of research and development // Oxford Review of Economic Policy. – 2002. – Vol. 18, № 1. – P. 35–51.
16. Atamuradov Sh.A., Samadov S.I. Innovatsion tadbirkorlik faoliyatni moliyalashtirishning nazariy-uslubiy asoslari // Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. – 2024. – T. 4, № 10. – B. 91–99. – DOI: 10.47390/SPR1342V4I10Y2024N14.
17. Atamuradov Sh.A., Samadov S.I. O‘zbekiston sharoitida innovatsion tadbirkorlik uchun venchur investitsiyalarini jalb qilish // Aktuar moliya va buxgalteriya hisobi ilmiy jurnali. – 2024. – T. 4, № 7. – B. 110–120. – DOI: 10.55439/AFA/vol4_iss07/428.
18. Atamuradov Sh.A. Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda institutsional islohotlarning ahamiyati // Raqamli iqtisodiyot. – 2024. – № 10. – B. 22–33.
19. Atamuradov S. Global Trends in Venture Capital and the Development of Venture Investment Environment in Uzbekistan // American Journal of Economics and Business Management. – 2025. – Vol. 8, № 10. – P. 4772–4778.
20. France 2030: plan d’investissement [Elektron resurs]. – Paris: Gouvernement de la République française, 2023 (yangilangan 09.10.2025). – URL: https://www.info.gouv.fr/grand-dossier/france-2030/comprendre-france-2030 (murojaat sanasi: 19.09.2026).
21. O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsion faoliyat (2020–2023): statistik to‘plam. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, 2024. – 154 b.
22. O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi – 2025: statistik to‘plam. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, 2025. – 235 b.
23. Sherzod Atamuradov. "Zamonaviy loyixalar uchun venchur kapitalini jalb qilish masalalari" International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences, vol. 5, no. 3, 2024, pp. 92-96.
24. “Innovatsion tadbirkorlik faoliyatida strategik boshqaruvning ahamiyati”. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, vol. 4, no. 10, Nov. 2024, pp. 309-16, https://doi.org/10.55439/AFA/vol4_iss10/730.
25. “Innovatsion tadbirkorlikda raqamli texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari va muammolari”. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, vol. 5, no. 01, Jan. 2025, pp. 40-49, https://doi.org/10.55439/AFA/vol5_iss01/866.
26. “O‘zbekiston sharoitida innovatsion tadbirkorlik uchun venchur investitsiyalarini jalb qilish ”. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, vol. 4, no. 07, Aug. 2024, pp. 110-2, https://doi.org/10.55439/AFA/vol4_iss07/428.
27. “ Ijtimoiy himoya tizimining shakllanishi va rivojlanishining nazariy-metodologik asoslari”. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, vol. 5, no. 11, Dec. 2025, pp. 91-99,