TIJORAT BANKLARI KAPITALLASHUVI VA DAROMADLARINING PROGNOZI
##semicolon##
bank kapitali, kapitallashuv darajasi, prognozlash, senariy tahlili, imitatsion model, aktivlar rentabelligi, foydani kapitallashtirish, kapital rejalashtirish, bank tizimi barqarorligi.Abstrak
Maqolada O'zbekiston tijorat banklarining kapitallashuv darajasi va daromadlari 2030-yilgacha uch senariy - bazaviy, optimistik va pessimistik - doirasida prognoz qilingan. Prognoz sektor aktivlarining 90 foizdan ortig'ini qamrab oluvchi 20 ta tijorat bankining 2020-2024-yillardagi haqiqiy ko'rsatkichlariga asoslangan bo'lib, unda balans o'zaro bog'liqliklariga tayanuvchi imitatsion model qo'llanilgan. Model parametrlari (aktivlarning o'sish sur'ati, aktivlar rentabelligi, foydani kapitallashtirish koeffitsienti va tashqi kapital in'ektsiyalari hajmi) retrospektiv trend baholari hamda panel ma'lumotlar asosida baholangan regressiya tenglamasi yordamida asoslangan. Natijalarga ko'ra, bazaviy senariyda kapitallashuv darajasi 2030-yilga borib 14,54 foizdan 13,21 foizga pasayadi, optimistik senariyda 16,91 foizgacha ko'tariladi, pessimistik senariyda esa 10,79 foizga tushib, tartibga soluvchi eng kam darajadan past bo'ladi. Kapitallashuv darajasini 15 foiz atrofida saqlab qolish uchun 2030-yilga qadar bazaviy senariyda 29,7 trln so'm, pessimistik senariyda esa 63,8 trln so'm qo'shimcha kapital talab etiladi.
##submission.citations##
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida. - www.lex.uz
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni "2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida". - www.lex.uz
3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining "Tijorat banklari kapitalining yetarlilik darajasiga qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi Nizomi (Adliya vazirligida 2015-yil 6-iyulda 2693-son bilan ro'yxatga olingan). - www.lex.uz
4. Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: A global regulatory framework for more resilient banks and banking systems. - Basel: BIS, 2011. - 77 p.
5. Basel Committee on Banking Supervision. Stress testing principles. - Basel: BIS, 2018. - 12 p.
6. Cohen B.H., Scatigna M. Banks and capital requirements: Channels of adjustment // Journal of Banking & Finance. - 2016. - Vol. 69, Suppl. 1. - P. S56-S69.
7. Flannery M.J., Rangan K.P. What caused the bank capital build-up of the 1990s? // Review of Finance. - 2008. - Vol. 12, No. 2. - P. 391-429.
8. Berger A.N., DeYoung R., Flannery M.J., Lee D., Oztekin O. How do large banking organizations manage their capital ratios? // Journal of Financial Services Research. - 2008. - Vol. 34. - P. 123-149.
9. Gropp R., Heider F. The determinants of bank capital structure // Review of Finance. - 2010. - Vol. 14, No. 4. - P. 587-622.
10. Cihak M. Introduction to Applied Stress Testing. IMF Working Paper WP/07/59. - Washington: IMF, 2007. - 74 p.
11. Blaschke W., Jones M.T., Majnoni G., Peria S.M. Stress Testing of Financial Systems: An Overview of Issues, Methodologies, and FSAP Experiences. IMF Working Paper WP/01/88. - Washington: IMF, 2001. - 56 p.
12. Foglia A. Stress testing credit risk: a survey of authorities' approaches // International Journal of Central Banking. - 2009. - Vol. 5, No. 3. - P. 9-45.
13. Gambacorta L., Shin H.S. Why bank capital matters for monetary policy // Journal of Financial Intermediation. - 2018. - Vol. 35, Part B. - P. 17-29.
14. Hanson S.G., Kashyap A.K., Stein J.C. A macroprudential approach to financial regulation // Journal of Economic Perspectives. - 2011. - Vol. 25, No. 1. - P. 3-28.
15. Admati A., Hellwig M. The Bankers' New Clothes: What's Wrong with Banking and What to Do about It. - Princeton: Princeton University Press, 2013. - 398 p.
16. Diamond D.W., Rajan R.G. A Theory of Bank Capital // The Journal of Finance. - 2000. - Vol. 55, No. 6. - P. 2431-2465.
17. Berger A.N., Herring R.J., Szego G.P. The role of capital in financial institutions // Journal of Banking & Finance. - 1995. - Vol. 19, No. 3-4. - P. 393-430.
18. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: "Iqtisod-Moliya", 2017. - 732 b.
19. "Ahbor-Reyting" reyting agentligi. Bank sektorining analitik sharhi. - № 74, № 78. - Toshkent, 2024-2025.
20. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimining asosiy ko'rsatkichlari. - www.cbu.uz