ESG AUDITIDA EKSPERT ISHLARIDAN FOYDALANISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Ключевые слова:
ESG auditi, barqaror rivojlanish, ichki ekspert, tashqi ekspert, boshqa auditor, auditorlik dalillari, ekspert kompetensiyasi, ekspert mustaqilligi, sifat menejmenti tizimi, kasbiy qobiliyatni baholash, auditorlik riski, korporativ boshqaruv.Аннотация
Mazkur maqolada barqaror rivojlanish tamoyillarining korporativ boshqaruv va auditorlik faoliyatiga integratsiyalashuvi sharoitida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) yo‘nalishlari bo‘yicha audit jarayonida ekspert ishlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirishning nazariy-uslubiy hamda tashkiliy jihatlari tadqiq etiladi. Xususan, ESG ko‘rsatkichlarining ishonchliligini baholashda ichki va tashqi ekspertlarni jalb etish zarurati, ularning kasbiy kompetensiyasi, mustaqilligi va xolisligini baholash mezonlari, shuningdek, ekspert xulosalaridan auditorlik dalili sifatida foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida auditor, ekspert va boshqa auditorlar o‘rtasidagi professional hamkorlikni tashkil etish, ekspert faoliyatini sifat menejmenti tizimi bilan uyg‘unlashtirish hamda ESG auditida yuzaga keladigan axborot va metodologik risklarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, xalqaro audit standartlari talablarini inobatga olgan holda ekspertlarni tanlash, ularning ish natijalarini baholash va auditorlik tekshiruvlarida qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish yo‘nalishlari asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
1. 620-sonli auditning xalqaro standartlari
2. Arens A.A., Elder R.J., Beasley M.S. Auditing and Assurance Services, 2017-yil
3. Knechel, W.R., Salterio, S.E., Ballou, B. Auditing: Assurance and Risk, 2020-yil
4. Messier W.F., Glover S.M., Prawitt D.F. Auditing & Assurance Services, 2016-yil
5. Hayes, R., Wallage, P., Gortemaker, H. Principles of Auditing, 2014-yil
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.