XORIJIY VALYUTADAGI KREDITLAR FOIZIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNI EMPIRIK BAHOLASH

XORIJIY VALYUTADAGI KREDITLAR FOIZIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNI EMPIRIK BAHOLASH

Авторы

  • Ismatov Nodirjon Raximdjanovich PhD

Ключевые слова:

Xorijiy valyutadagi kreditlar, foiz stavkasi, SVAR modeli, inflyatsiya, devalvatsiya, depozit, tijorat banklari

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining xorijiy valyutadagi kreditlari foiz stavkalariga ta’sir etuvchi omillar empirik jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotda 2017–2024 yillar davrida tijorat banklarining rasmiy statistik ma’lumotlari asosida inflyatsiya darajasi, milliy valyuta devalvatsiyasi, Markaziy bankning real asosiy foiz stavkasi, aholining xorijiy valyutadagi depozitlari hajmi kabi omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda strukturaviy vektor avto-regressiya (SVAR) modeli qo‘llanilgan bo‘lib, bu model yordamida omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va dinamik ta’sirlar aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, milliy valyuta devalvatsiyasi hamda xorijiy valyutadagi depozitlar hajmi kreditlar foizlariga eng kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, inflyatsiya va Markaziy bank asosiy stavkalaridagi o‘zgarishlar ham kreditlar narxiga bevosita ta’sir qiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklarida xorijiy valyutadagi kredit siyosatini takomillashtirish, foiz stavkalarini prognozlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda amaliy ahamiyatga ega.

Библиографические ссылки

Hellwig, C., Mukherji, A., & Tsyvinski, A. (2006). Self-fulfilling currency crises: The role of interest rates. American Economic Review, 96(5), 1769-1787.

Bertola, G., & Svensson, L. E. (1993). Stochastic devaluation risk and the empirical fit of target-zone models. The Review of Economic Studies, 60(3), 689-712.

Раздроков, Е. Н. (2008). Сущность и классификация ссудного процента. Актуальные вопросы экономических наук, (3-2), 69-73.

Onyia, C. C., & Aniekwe, E. O. (2022). Responsiveness of Macroeconomic Variables to Currency Devaluation in Nigeria.

Ferrante, F. & Gornemann, N. (2022). Devaluations, Deposit Dollarization, and Household Heterogeneity. International Finance Discussion Paper, (1336). Washington: Board of Governors of the Federal Reserve System.

Javadi, S., & Masum, A. A. (2021). The impact of climate change on the cost of bank loans. Journal of Corporate Finance, 69, 102019.

Опубликован

2025-11-01

Как цитировать

XORIJIY VALYUTADAGI KREDITLAR FOIZIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EMPIRIK BAHOLASH. (2025). Научный журнал актуарных финансов и бухгалтерского учета, 5(09), 267-275. https://doi.org/10.55439/AFA/vol5_iss09/1229