XIZMATLAR BOZORINING HUDUDIY QUTBLANISHI VA KONVERGENSIYA MUAMMOSI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA EMPIRIK TAHLILLAR
Keywords:
xizmatlar bozori, hududiy tengsizlik, σ-konvergensiya, β-konvergensiya, Theil indeksi, Gini koeffitsienti, iqtisodiy qutblanish, xizmat ko'rsatish korxonalari, O'zbekiston.Abstract
Maqolada O'zbekiston Respublikasining 14 hududi bo'yicha 2017-2025-yillarda ko'rsatilgan bozor xizmatlari hajmining dinamikasi konvergensiya nazariyasi metodlari asosida tahlil qilingan. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan real xizmatlar hajmi bo'yicha σ- va β-konvergensiya testlari o'tkazilib, hududiy tengsizlik Theil, Gini va Uilyamson indekslari yordamida dekompozitsiya qilingan. Tahlil natijalari konvergensiya gipotezasini rad etadi: o'rganilgan davrda hududlararo tafovut kengaygan (σ 0,491 dan 0,541 gacha, Theil indeksi 0,255 dan 0,351 gacha o'sgan), β-koeffitsient esa statistik ahamiyatga ega emas. Tengsizlikning 98,0 foizi Toshkent shahri bilan qolgan hududlar o'rtasidagi farq hisobiga shakllanadi, qolgan 13 hudud ichida esa tafovut deyarli o'zgarmagan - ya'ni "konvergensiya klubi" tuzilmasi kuzatiladi. Panel va kesma regressiyalar xizmatlar o'sishining uzoq muddatli omillari sifatida investitsiya jamg'arilishi va bandlik darajasini ko'rsatadi. Xizmat ko'rsatish korxonalarining resurs bazasi hududiy bozor sig'imiga bog'liqligidan kelib chiqib, hududiy differensiallashtirilgan qo'llab-quvvatlash mexanizmlari bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
References
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-fevraldagi PF-21-son "Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni.
2. Barro R.J., Sala-i-Martin X. Convergence // Journal of Political Economy. - 1992. - Vol. 100, No. 2. - P. 223-251.
3. Fuchs V.R. The Service Economy. - New York: NBER, 1968. - 280 p.
4. Krugman P. Increasing Returns and Economic Geography // Journal of Political Economy. - 1991. - Vol. 99, No. 3. - P. 483-499.
5. Quah D. Empirical cross-section dynamics in economic growth // European Economic Review. - 1993. - Vol. 37, No. 2-3. - P. 426-434.
6. Sala-i-Martin X. The Classical Approach to Convergence Analysis // The Economic Journal. - 1996. - Vol. 106, No. 437. - P. 1019-1036.
7. Theil H. Economics and Information Theory. - Amsterdam: North-Holland, 1967. - 488 p.
8. Williamson J.G. Regional Inequality and the Process of National Development // Economic Development and Cultural Change. - 1965. - Vol. 13, No. 4, Part 2. - P. 1-84.
9. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi. SIAT ochiq ma'lumotlar banki, indikatorlar 406, 1210, 1238, 1239, 1311. URL: https://siat.stat.uz/data/
