O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA AKTIVLAR VA PASSIVLARNI BOSHQARISH ASOSIDA LIKVIDLILIKNI TA’MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
tijorat banklari, bank likvidliligi, aktivlar va passivlarni boshqarish, likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsienti, sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsienti, kredit-depozit nisbati, barqaror moliyalashtirish, yuqori likvidli aktivlar, valyuta likvidliligi, GAP-tahlil, stress-test, likvidlilik barqarorligi matritsasi.Abstract
Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida aktivlar va passivlarni boshqarish asosida likvidlilikni ta’minlash holati baholanib, uni takomillashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zmilliybank va «Turonbank»ning 2020-2025 yillarga oid ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Tahlilda dinamik, tarkibiy, koeffitsient, taqqoslama, korrelyatsion va regression usullar qo‘llanilgan. Tadqiqotda operatsion likvidlilik, tarkibiy moliyalashtirish va valyuta riskini eng zaif ko‘rsatkich tamoyili asosida birlashtiruvchi likvidlilik barqarorligi matritsasi taklif etilgan. Shuningdek, kredit-depozit nisbati bo‘yicha tabaqalashtirilgan limitlar, uzoq muddatli resurslarni kengaytirish, valyuta tafovutini cheklash, depozitlarni diversifikatsiyalash, stress-testlar, favqulodda moliyalashtirish va ichki transfert narxlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari asoslangan.
References
Diamond D.W., Dybvig P.H. Bank Runs, Deposit Insurance, and Liquidity. Journal of Political Economy, 1983, 91(3), 401–419.
Berger A.N., Bouwman C.H.S. Bank Liquidity Creation. The Review of Financial Studies, 2009, 22(9), 3779–3837.
Cornett M.M., McNutt J.J., Strahan P.E., Tehranian H. Liquidity Risk Management and Credit Supply in the Financial Crisis. Journal of Financial Economics, 2011, 101(2), 297–312.
Vazquez F., Federico P. Bank Funding Structures and Risk: Evidence from the Global Financial Crisis. Journal of Banking & Finance, 2015, 61, 1–14.
Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: The Liquidity Coverage Ratio and Liquidity Risk Monitoring Tools, 2013.
Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: The Net Stable Funding Ratio, 2014.
Abdullaev A.Ya. Tijorat banklarining likvidlilik darajasini baholash mexanizmini takomillashtirish. «Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar», 2018, №6.
Berdiyarov B.T. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlash masalalari. Iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati, Toshkent, 2020.
Shokirova M.M. Tijorat banklari likvidliligini boshqarishni amaliyotdagi usullari va ularning o‘ziga xos jihatlari. «Xalqaro moliya va hisob», 2023, №2.
Izbosarov B.B. O‘zbekistonda tijorat banklari likvidliligini tartibga solishning amaldagi holati tahlili. «Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar», 2019, №4.
2025-2028-yillarda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”.
