MAMLAKATIMIZDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH

MAMLAKATIMIZDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH

Authors

  • Farmonov Dilshodbek Daminovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Sirtqi ta’lim fakulteti bosh mutaxassisi

Keywords:

kichik tadbirkorlik, eksport salohiyati, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat qo‘llab-quvvatlovi, innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar, eksport infratuzilmasi, iqtisodiy rivojlanish, eksport siyosati.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati, uning tarkibiy omillari hamda uni baholash mezonlari tahlil qilingan. Kichik biznesning tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari, eksport faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, shuningdek, davlat tomonidan yaratilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yoritib berilgan. Maqolada statistik ma’lumotlar asosida kichik tadbirkorlikning mamlakat eksportidagi ulushi o‘rganilib, uning so‘nggi yillardagi o‘sish tendensiyalari aniqlangan. Shu bilan birga, kichik korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlar — innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalarni joriy etish, eksport infratuzilmasini rivojlantirish va institutsional qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari kichik tadbirkorlikni tashqi iqtisodiy faoliyatda faol ishtirok etishini ta’minlash va eksport hajmini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2025-10-16

How to Cite

MAMLAKATIMIZDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH. (2025). Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 5(09), 7-16. https://doi.org/10.55439/AFA/vol5_iss09/1192